好心情 Dunyoga kelishimni intizor kutgan Bolam deb boru yo'g'ini tutgan Mani deb o'zini yo'qdek unutgan Men uchun muqaddas inson – Onajon Kulsam kular, yig'lasam ma'yus boqar Meni deya qora sochi oqargan Meni ne xatarli yo'ldan qaytargan Men uchun muqaddas inson – Onajon Onajon Baxtim ko'p chopganda suyunib kulgan Omadim gar ketsa duolar qilgan Hech kim qolmaganda yonimga kelgan Men uchun muqaddas inson – Onajon Kulsam kular, yig'lasam ma'yus boqar Meni deya qora sochi oqargan Meni ne xatarli yo'ldan qaytargan Men uchun muqaddas inson – Onajon Onajon Boshingga yog'sa gar g'avg'oyu tashvish Hatto sevgan yor ham tashlab ketarmish Mard do'stlaring orqangdan tarqatsa mish-mish Sen uchun yig'lagan ma'yusu xomush Ayting-chi, do'stlar, ona emasmi Kulsam kular, yig'lasam ma'yus boqar Meni deya qora sochi oqargan Meni ne xatarli yo'ldan qaytargan Men uchun muqaddas inson – Onajon Onajon